
MYu hujumchisi nechta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi?
"Manchester Yunayted" hujumchisi Markus Reshford Angliya Premer-ligasi 4-turi doirasida "Byornli"ga qarshi o‘yinda zaxiradan maydonga tushib, oradan 10 daqiqa o‘tar-o‘tmas Filipp Bardsliga tajovuzkor xatti-harakat qilgani uchun maydondan chetlatilgan edi.
Angliya Futbol Assotsiyasiyasi yosh forvard 3 ta o‘yinni o‘tkazib yuborishini ma’lum qildi. Unga ko‘ra, Reshford APL doirasida «Uotford» va «Vulverxempton», shuningdek Angliya Liga kubogi doirasida "Derbi Kaunti"ga qarshi uchrashuvlarda jamoasiga yordam berolmasligi ma’lum bo‘ldi.
Fikrlar