
MYu rahbarlari Lingard bilan shartnomani uzaytirishmoqchi
Angliyaning “Manchester Yunayted” klubi Jessi Lingardga yangi shartnoma tayyorlamoqda. Bu haqda The Sun xabar bermoqda.
Lingard o‘zining oldingi shartnomasini 2017 yilda imzolagan edi va uning maoshi hozirda haftasiga 75 ming funt (85 ming evro)ni tashkil etadi.
Xabarda aytilishicha, klub rahbariyati uning maoshini haftasiga 150 ming funt (170 ming evro)ga qadar oshirishga tayyorlar.
Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Jessi APLda 33 bahsda ishtirok etdi va 8 ta gol kiritib, 5 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Fikrlar