MYu va "Bavariya" bir futbolchini ko‘zlamoqda

  • 27 yanvar, 2019, 19:41
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
CHERY AUTO

"Manchester Yunayted" va "Bavariya" Eyndxovenning PSV klubi hujumchisi Steven Bergveyn uchun kurash boshlashdi. Bu haqda Sky Sports nashri xabar bermoqda.

Tecno

Unga ko‘ra APL grandi ham Bundesliga grandi ham 21 yoshli gollandiyalik futbolchini yozgi transferlar davrida sotib olishni rejalashtirmoqda. Ta’kidlash kerakki, PSV ushbu futbolchisini 30 mln evroga baholamoqda.

Ma’lumot uchun, Bergveyn asli PSV tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum jami 25ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z hisobiga 10ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishdi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!