
MYu va "Liverpul" bir futbolchi uchun kurash boshladi
"Manchester Yunayted" va "Liverpul" Eyndxovenning PSV klubi vingeri Stiven Bergveynga jiddiy kurash boshlashdi. Bu haqda sport.es nashri xabar bermoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha mankuanliklar ham, mersisaydliklar ham 21 yoshli gollandiyalik futbolchi uchun uning shartnomasida ko‘rsatilgan 20 million evro tovon pulini to‘lab sotib olishga tayyor.
Ma’lumot uchun, Bergveyn joriy mavsum PSV safida jami 13ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 5ta gol hamda 2ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.
Fikrlar