
Mahmud G‘oipov professional boksdagi ilk jangini o‘tkazadi, ammo...
Rossiyaning Ekaterinburg shahrida 10 noyabr kuni o‘tadigan professional boks kechasida bir qator bokschilarimiz ringga chiqadi.
Dastlab ikkinchi engil vazn toifasida hamyurtimiz Sherzod Yo‘ldoshev (3-1-0) asli buxorolik bo‘lgan, ammo musobaqalarda Rossiya sharafini himoya qiluvchi Muhammad Shexovga (1-0-0)qarshi jang o‘tkazadi.
Superyarim engil vaznda namanganlik Burgut Xojiboev (7-1-0) esa rossiyalik Ruslan Kamilovni (4-0-0) sinovdan o‘tkazadi. Tajribali bokschimiz Ravshanbek Umurzoqov (5-0-0, KO4) esa venesuelalik Kelli Figueroa (12-8-3) bilan raqobatlashadi.
Shuningdek, ushbu musobaqada iste’dodli bokschimiz Mahmud G‘oipov o‘zining debyut jangini o‘tkazishi kutilmoqda. Biroq unga hali munosib raqib topilmadi.
Fikrlar