Mahrez “Lester”ni premer-ligada qolishiga ishonmoqda

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Angliyaning “Lester” klubi xavbeki Riyod Mahrez “tulkilar”ning kuchlilar safida qolishiga ishonishini aytib o‘tdi.

“Suonsi”ga qarshi bahs biz uchun juda ham muhim. Chunki, har ikkala jamoa turnir jadvalining quyi pog‘onalarida bormoqda. Biroq, biz bu o‘yinda ochko olishga harakat qilamiz. Hozir biz qora kunlarni boshimizdan o‘tkazmoqdamiz, shunday ekan iloji boricha tezroq bu holatdan chiqib ketishimiz kerak. Jamoam premer-ligada qolishiga esa to‘liq ishonaman”, - deydi jazoirlik futbolchi ESPN nashriga bergan intervyusida.

Eslatib o‘tamiz, premer-liganing amaldagi chempionlari ayni damda musobaqa jadvalida 21 ochko jamg‘argan holda 16-o‘rinda borishmoqda. Klaudio Raneri shogirdari chempionatning ertaga 25-turida “Suonsi” mexmoni bo‘ladi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!