Makgregor Nurmagomedovga qarshi jangga tayyorgarliklarda Meyvezerning yordamini rad qildi

MMA jangchisi Konor Makgregor rossiyalik Xabib Nurmagomedovga qarshi jangga tayyorgarlik ko‘rishda boks bo‘yicha besh vazn toifasining sobiq jahon chempioni Floyd Meyvezerning yordam berishini istamadi, deya xabar beradi The Mirror nashri.

Avvalroq Meyvezer Makgregorga o‘zining mashg‘ulotlar zalida tayyorgarlik ko‘rishi uchun taklif qilgan va bunda o‘zi ham qatnashishni maqsad qilgan edi. Bokschi xususiy sport markazlariga tarmog‘iga egalik qiladi.

Irlandiyalik jangchi esa Meyvezerga qat’iy qarshilik bildirdi..

Katta Meyvezer va Rojerdan boshqa Meyvezerlarni jin ursin. O‘rtamizda sulh bo‘lmaydi. Yo jang qilishga chiqasan, yo menga xalal berma, – deya slova Makgregorning so‘zlarini keltiradi The Mirror nashri.

Makgregor va Nurmagomedov o‘rtasidagi jang 6 oktyabr kuni Las-Vegasdagi UFC 229 turniri doirasida bo‘lib o‘tadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!