"Manchester Siti" bugun EChLdagi mag‘lubiyatli seriyasiga barham bera oladimi?

  • 2 oktabr, 2018, 10:00
  • 0
  • Futbol

Bugun UEFA Chempionlar ligasining guruh bosqich ikkinchi tur uchrashuvlariga start beriladi.

Jumladan, APL peshqadami va amaldagi chempioni hisoblangan “Manchester Siti” Bundesliga vakili “Xoffenxaym” mehmoni bo‘ladi.

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:

- “Xoffenxaym” evrokuboklarda shu kungacha o‘z tarixida bor yo‘g‘i 9ta o‘yin o‘tkazgan va shulardan faqat 1tasida g‘alaba qozongan. Biroq, ular evrokuboklar doirasida o‘tkazgan so‘nggi 5ta o‘yinida faqat bir marta mag‘lub bo‘lishgan.

- “Xoffenxaym” UEFA Chempionlar ligasida Germaniya sharafini himoya qilgan 13-jamoa hisoblanadi.

- Xosep Gvardiola boshchiligidagi “Manchester Siti” Chempionlar ligasida ketma-ket 4ta o‘yindan buyon mag‘lubiyatga uchramoqda. Ular so‘nggi bor o‘tgan mavsum musobaqaning 1/8 final bosqichida “Bazel” ustidan zafar quchishgan.

- Gvardiola jamoasi (“Bavariya”) shu kungacha “Xoffenxaym”ga qarshi jami 5ta o‘yinda ishtirok etgan va biror marta ham mag‘lub bo‘lmagan.

"Xoffenxaym" – "Manchester Siti"

Stadion: "Virsol Rayn-Nekar-Arena" (Zinsxaym)

Boshlanish vaqti: 21:55

Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya)

"Xoffenxaym": Baumann – Akpoguma, Fogt, Posh – Kaderjabek, Grillich, Shults, Demirbay, Bittenkur – Joelinton, Kramarich

"Manchester Siti": Ederson – Uoker, Stounz, Lyaport, Zinchenko – B. Silva, Fernandino, Gyundogan – Marez, Sterling, Aguero.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!