
"Manchester Siti" futbolchisi terma jamoaga qaytdi
“Manchester Siti” yarim himoyachisi Yaya Ture Kot-d’Ivuar termasining Togo va Moldova terma jamoalariga qarshi bahs uchun terma jamoadan chaqiruv oldi.
34 yoshli futbolchi 2016 yilning sentyabr oyida terma jamoadan ketganligini e’lon qilgan edi. Biroq o‘tgan yil so‘nggida terma jamoaga qaytish istagi bor ekanligini aytib o‘tgan edi.
Ture mamlakat bosh jamoasida 2004 yilda debyut qilgan va 100 bahsda ishtirok etib, 19 ta gol kiritishga erishgan.
Fikrlar