"Manchester Siti"ning kelajagi kimning qo‘lida?

  • 2 fevral, 2017, 15:29
  • 1
  • Futbol
TIGGO 2 PRO
 

"Manchester Siti" bosh murabbiyi Xosep Gvardiola ayni paytda jamoa tarkibida ishonchli o‘yin ko‘rsatayotgan uch nafar yosh futbolchi kelajakda klubning salohiyatini belgilaydigan charm to‘p ustalari darajasiga ko‘tarilishini aytdi.

- Jamoaning bugungi kundagi hujum chizig‘ida to‘p surayotgan uch futbolchi - Gabriel Jezus, Rahim Sterling va Leroy Sanening o‘rtacha yoshi yigirmani tashkil qilmoqda, - dedi Xosep Gvardiola. - Jezus gol sezish qobiliyatiga ega jangchi. Bu futbolchilar yaqin kelajakda "Manchester Siti"ning etakchilariga aylanadi.

Shuningdek, Xosep Gvardiola keyingi paytda ko‘p tanqidga uchrayotgan jamoa darvozabonlarining barchasiga birdek ishonishini ham aytib o‘tdi.

SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!