"Manchester Yunayted" Marsyaldan voz kechdi va o‘rniga "Real"dan superfutbolchi oladi

  • 5 dekabr, 2016, 12:31
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO
 
"Manchester Yunayted"ga 2015 yilda katta umidlar bilan olib kelingan Antoni Marsyal qishda jamoani tark etishga yaqin turibdi.
 
Ayni paytda Angliya chempionatida "Manchester Yunayted"ning ham, Marsyalning ham ishlari yurishmayapti. Jamoa qatorisiga ochko yo‘qotmoqda. Marsyal esa ilgarigidek samarali o‘ynay olmyapti. Ko‘pchilik bunga Marsyalning oilaviy mojarolari ta’sir qilayotgani bilan izohlamoqda. Ma’lumki, Marsyal oilasi bo‘la turib boshqa juvonga ilakishib qolgan.
 
 
"Monako"dan 50 million evro evaziga olib kelingan Antoni Marsyal joriy chempionatda sakkizta o‘yinda bitta gol urdi va murabbiylar ishonchini etarlicha oqlay olmayapti.
 
Joze Mourino Marsyalning o‘rniga "Real"da qadr topmagan kolumbiyalik yarim himoyachisi Xames Rodrigesni olib kelmoqchi.
 
SPORTS.uz

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!