
Marat Bikmaev diskvalifikatsiya qilinishi mumkin, chunki...
Uchrashuv vaqtida “Lokomotiv” jamoasi futbolchisi Marat Bikmaev tomonidan odob-ahloq qoidalariga mos kelmaydigan xatti-harakat amalga oshirildi. O‘yinchi butun o‘zbek futboli jamoatchiligi diqqat-markazida turgan uchrashuv vaqtida qo‘li bilan xunuk harakat ko‘rsatdi va bu holat o‘yinni tomosha qilayotgan ko‘psonli ishqibozlar tomonidan salbiy qabul qilindi. Mazkur xunuk xatti-harakat raqib jamoa muxlislari tomon qaratilgan bo‘lishi ham mumkin.
Professional futbol ligasi Marat Bikmaev tomonidan amalga oshirilgan ushbu harakatni inobatga olib qo‘ydi. Bu haqda tashkilot rasmiy sayti xabar bermoqda.
Tez orada Tartib-intizom qo‘mitasi ushbu holatni atroflicha o‘rganib chiqadi.
Fikrlar