
Marchelo Lippi: Xitoy – Osiyo kubogining syurpriz-jamoasi bo‘lishi mumkin
"Bizning maqsadimiz - eng yaxshi natijaga erishish. Biz mazkur musobaqa uchun 40 kundan buyon tayyorgarlik ko‘rmoqdamiz. To‘g‘ri, bu erda Eron, Janubiy Koreya, Yaponiya va Avstraliya kabi grand jamoalar ham g‘alabani istab kelishgan. Ammo har qanday musobaqada ham syurpriz-jamoa bo‘ladi.
Biz ana shu syurpriz-jamoa bo‘lishga intilamiz. Xitoyda 7 yildan buyon ishlab kelaman va xitoylik muxlislarga olam-olam quvonch ulashishni istayman.
Men Qirg‘izistonning so‘nggi olti-etti o‘yinlarini ko‘rib chiqdim. Shunday ekan, men ularning o‘yin uslubi, ustun jihatlari va etakchi futbolchilarini yaxshi bilaman.
Zamonaviy texnologiyalar orqali siz istalgan jamoa haqida ma’lumotlar olish imkoniga egasiz", - dedi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar