Mark Bartra “Barselona”ga qaytishni istamadi
Kataloniyaning “Barselona” klubi ayni damda “Betis” sharafini himoya qilayotgan sobiq futbolchisi Mark Bartrani yana “Kamp Nou”ga qaytarishga harakat qilib ko‘rdi.
Ispan nashrlarining yozishicha “ko‘k-anor ranglilar” “Sevilya” yarim himoyachisi Kleman Langleni sotib olishdan avval aynan 27 yoshli Bartraga aloqaga chiqishgan. Biroq, undan rad javobini olishgan.
Ma’lumotlarga ko‘ra Bartra qadrdon jamoasiga qaytib, u erda zahirada qolib ketishdan ko‘ra “Betis” safida asosiy futbolchi bo‘lishni afzal ko‘rgan.

Fikrlar