Mashhur tennischining o‘g‘li “Australian Open – 2018”da bosh sovrinni qo‘lga kiritdi

 “Katta dubulg‘a” turkumiga kiruvchi “Australian Open – 2018” turnirining o‘smirlar o‘rtasidagi bahslarda amerikalik tennischi Sebastyan Korda bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.

Musobaqaning so‘nggi hal qiluvchi final bahsida  u tayvanlik Chun Sin Tsenning 7:6, 6:4 hisobida mag‘lubiyatga uchratdi. Eslatib o‘tamiz, Sebastyan bundan 20 yil avval “Australian Open” musobaqasining bosh sovrinini qo‘lga kiritgan Petr Kordining o‘g‘lidir.

Sports.uz

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!