Massimiliano Allegri: Ronaldu unga qulay bo‘lgan chizig‘da to‘p tepadi

  • 26 iyul, 2018, 20:00
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

"Yuventus" klubi bosh murabbiyi Massimiliano Allegri jamoa yangi a’zosi Krishtianu Ronalduning jamoadagi o‘rni haqida o‘z fikrini bildirdi.

- Ronaldu maydonda unga qulay bo‘lgan chizig‘da to‘p tepadi va umid qilamanki, odatdagidek raqib darvozasini ishg‘ol etadi.
Transferlar? Italiya bilan bizning o‘rtamizdagi farq 6 soatni tashkil etadi ("Yuve" xozir  International Champions Cup doirasida AQShda nazorat o‘yinlari o‘tkazmoqda - Sports.uz izohi). Italiyada kun bo‘lgan bir paytda, biz dam olayotgan bo‘lamiz.
Aytib o‘tish joizki, klub rahbariyati ajoyib transfer siyosatini olib bormoqda. Bugungi kunga kelib, jamoa safiga Ronaldu, Emre Jan va Kanselu kelib qo‘shilishdi, - deya Allegrining so‘zlaridan iqtibos keltiradi Football Italia nashri.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!