Mauritsio Sarri: Azar biz uchun xuddi Messi va Ronaldu singari juda muhim
Londonning “Chelsi” klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri “Uortford”ga (2:1) qarshi o‘yinda dubl qayd etib, “aristokratlar”ga muhim g‘alabani olib kelgan vinger Eden Azar haqida fikr bildirib o‘tdi.
“Shubhasiz, u jamoamiz uchun juda muhim futbolchi, xuddi Messi “Barselona” uchun va Ronaldu “Yuventus” uchun muhim bo‘lgani singari. U istalgan pozitsiyada o‘ynay oladigan buyuk futbolchi. Ayni damda u yolg‘on “to‘qqizlik”da to‘p surmoqda va o‘ziga topshirilgan vazifani to‘liq ado etyapti”, - deydi italiyalik mutaxassis.



Fikrlar