
Mauritsio Sarri: Azar futbolni zavqlanish uchun o‘ynaydi
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri jamoaning belgiyalik vingeri Eden Azarning “Stemford Brij”da qolishiga ishonmoqda.
“Azar – ajoyib futbolchi. Menimcha uning o‘zi ham qanday imkoniyatlarga ega ekanini tasavvur qila olmaydi. Eden dunyoning eng kuchli futbolchilari uchligiga kirishi mumkin. Uning birgina muammosi u futbolni zav olish uchun o‘ynaydi, ba’zan natijaning muhimligini ham anglab etmaydi.
Uning shartnomasi 2020 yildan nihoyasiga etadi. Umid qilamanki u jamoa qoladi”, - deydi italiyalik mutaxassis.
Fikrlar