Mauritsio Sarri: Azar o‘z ustida ishlashi darkor
Londonning "Chelsi" klubi bosh murabbiyi Mauritsio Sarri xavbek Eden Azarning jamoani tark etishi haqidagi xabarlarga o‘z fikrini bildirdi.
- Azar, Ronaldu yoki Messi kabi gollar urib, "Oltin to‘p" uchun kurasha oladimi degan savolga shunday javob qaytaraman, bu uning maydondagi o‘rniga bog‘liq. Ohirgi 5 yil Krishtianu va Leo xujum chizig‘ida to‘p tepishgan bo‘lsa, Eden jamoa yarim himoyasini kuchaytirgan. U o‘z ko‘rsatkichlarini yaxshilashiga ishonchim komil.
Bugungi kunga kelib, Azar Evropaning eng yaxshi futbolchilaridandir. U bu reytingda birinchi bo‘lishi ham mumkin, bu esa uning qo‘lida, - deya Mauritsioning so‘zlaridan iqtibos keltiradi The Guardian nashri.

Fikrlar