Mavsumni Denis Istomin 92, Novak Jokovich esa 1-pog‘onada yakunladi

  • 20 noyabr, 2018, 11:33
  • 0
  • Tennis
CHERY AUTO

Professional tennischilar uyushmasi – ATR tomonidan o‘kaziladigan joriy yilgi turnirlarning barchasi yakunlandi.

Joriy yilgi yakunlangan mavsumda serbiyalik Novak Jokovich 9045 ochko jamg‘arib dunyoning birinchi raqamli tennischisiga aylandi. Shuningdek, jadvalda ispaniyalik Rafael Nadal 7480 ochko bilan ikkinchi, shveytsariyalik Rojer Federer esa 6420 ochkoga ega bo‘lib, uchinchi pog‘onadan joy oldi.

Mamlakatimizning birinchi raqamli tennischisi Denis Istomin esa 622 ochko bilan mavsumni 92 pog‘onadan o‘rin olgan holda yakunladi.

ATP Reytingining kuchli o‘ntaligi. 2018 yil 19 noyabr holatiga ko‘ra:

1. (1) Novak Jokovich (Serbiya) - 9045

2. (2) Rafael Nadal (Ispaniya) – 7480

3. (3) Rojer Federer (Shveytsariya) – 6420

4. (5) Aleksandr Zverev (Germaniya) - 6385

5. (4) Xuan Martin Del Potro (Argentina) - 5300

6. (6) Kevin Anderson (JAR) - 4710

7. (7) Marin Chilich (Xorvatiya) – 4250

8. (8) Dominik Tim (Avstriya) - 4095

9. (9) Kei Nishikori (Yaponiya) - 3590

10. (10) Jon Isner (AQSh) - 3155

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!