Mavsumni omadsiz o‘tkazayotgan "Monako" bugun "Signal Iduna Park"da "Borussiya" Dortmund mehmoni bo‘ladi
Xabaringiz bor kecha UEFA Chempionlar ligasida guruh bosqichining 2-tur uchrashuvlariga start berilgan edi. Bugun esa ushbu tur o‘yinlar davom ettiriladi.
Jumladan, Dortmundning “Borussiya” klubi o‘z maydonida “Monako”ni qabul qiladi.

Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- “Monako” Chempionlar ligasida o‘tkazgan so‘nggi 6ta o‘yindan 5tasida mag‘lub bo‘lgan.
- “Borussiya” Dortmund Chempionlar ligasi doirasida o‘z maydonida so‘nggi bor 2016/17 yilgi mavsumda g‘alaba qozongan. O‘shanda ular “Benfika”ni 4:0 hisobida engishgan edi.
- “Borussiya” va “Monako” qarama-qarshiligi so‘nggi bor 2016/17 yilgi mavsumda EChLning chorak finalda sodir bo‘lgan. O‘shanda ikki o‘yin natijasiga ko‘ra 6:3 hisobida monakoliklar g‘alaba qozonib, keyingi bosqichga yo‘llanmani qo‘lga kiritishgan edi.

"Borussiya" D - "Monako"
Stadion: "Signal Iduna Park" (Dortmund, Germaniya)
Boshlanish vaqti: 00:00
Bosh hakam: Aleksey Kulbakov (Gomel, Belarus)
Taxminiy tarkiblar:
"Borussiya": Byurki - Diallo, Piщek, Akandji, Shmeltser, Vitsel, Sancho, Volf, Vaygl, Roys, Filipp
"Monako": Benalo - Xenriks, Sidibe, Jemerson, Glik, Aolu, Shadli, Gransir, Tilemans, Golovin, Falkao

Fikrlar