
Mayk Tayson Toshkentdan xonadon sotib oldi va rasmiylashtirdi
Boks bo‘yicha super og‘ir vazn toifasining sobiq mutloq jahon chempioni amerikalik Mayk Tayson poytaxtdagi xalqaro xizmat markazida Tashkent City’gi Gardens Residence ko‘p qavatli turar joy kompleksidan ko‘chmas mulk egasiga aylandi.
Taniqli sportchi binodagi xonadonni qonuniylashtirgan. Bu inshoot 2019 yil oxiri va 2020 yil boshida foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan. Ayni damda binoni quruvchi kompaniya barchaga sobiq bokschi olgan binodan xonadon olishni va bokschiga qo‘shni bo‘lishni taklif qilmoqda, xabar beradi Trend agentligi.
Ma’lum bo‘lishicha, Gardens Residence premium klassdagi 9 uydan iborat bo‘ladi. Unda 44 m2’dan 260 m2’gacha maydonga ega 1138 kvartira bo‘ladi. Kompleksni loyihalash va qurilishida Britaniyaning ARUP arxitektorlar byurosi, loyihalash bo‘yicha Turkiyaning Özguven kompaniyasi va Singapurning Maven konsalting kompaniyasi ish olib bormoqda. Qurilish ishlarining sifatli bajarilishi nazorati bilan Turkiyaning PMO Management & Consultancy kompaniyasi shug‘ullanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil may oyida bir qancha ijtimoiy tarmoqlarda sentyabr oyida afsonaviy bokschi Mayk Taysonning O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlar tarqalgan edi.
Ma’lumot uchun: Maykl Jerard “Mayk” Tayson – og‘ir vazn toifasida faoliyat yuritgan amerikalik professional bokschi. Boks tarixidagi eng mashhur bokschilardan biri. Birinchi og‘ir vazn toifasida o‘smirlar o‘rtasidagi Olimpiada chempioni (1982). Professional o‘rtasida og‘ir vazn toifasida mutloq jahon chempioni (1987-1990). WBC (1986-1990, 1996), WBA (1987-1990, 1996), IBF (1987-1990), The Ring (1988-1990) versiyalari bo‘yicha jahon chempioni. Chiziqli chempion (1988-1990) – bu boksda norasmiy “boshqa odamni urgan” deb ataladi.
Tayson shuningdek, bir qancha jahon rekordlari sohibi ham hisoblanadi. Ularning ko‘pchiligi haligacha yangilanmaga: Og‘ir vazn toifasida eng yosh chempion (20 yoshu 144 kun); og‘ir vazn toifasida eng yosh mutloq chempion (21 yosh); debyut vaqtidan boshlab chempionlik titullariga qadar va og‘ir vaznda mutloq jahon chempionligini qo‘lga kiritguncha eng kam vaqt sarflagan bokschi (1 yilu 8,5 oy va 2 yilu 5 oy).
Fikrlar