
Menni Pakyao Meyvezerga qarshi ikkinchi bahsni tashkillashtirish bo‘yicha o‘z fikrini bildirdi
Boks bo‘yicha 8 vazn toifasida sobiq jahon chempioni Menni Pakyao Floyd Meyvezerga qarshi ringga chiqishini aytib o‘tdi.
- Agarda bir kun kelib Meyvezer boksdagi faoliyatini qayta boshlasa unga qarshi jang qilishga tayyorman. Biroq, keyingi bahs bizning shartlar bo‘yicha tashkillashtiriladi, - deya Pakyaoning so‘zlaridan iqtibos keltiradi Boxing Scene nashri.
Ma’lumot uchun, Meyvezer 2017 yilda Konor MakGregorni mag‘lub etib faoliyatini yakunlagan. 2015 yilda Floyd Menni Pakyao ustidan g‘alaba qozonishga muvaffaq bo‘lgan.
Fikrlar