Menni Pakyao navbatdagi jangini nokaut bilan yakunlamoqchi

  • 7 yanvar, 2019, 13:25
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni 40 yoshli Menni Pakyao ayni damda Los-Anjelesda bo‘lajak jangiga tayyorgarlik ko‘rmoqda. U navbatdagi jangini 19 yanvar kuni 4 vazn toifasining sobiq jahon chempioni Edrien Bronerga qarshi o‘tkazadi.

Tecno

Filippinlik bokschi bu to‘qnashuvda muddatidan oldin nokautga erishishini taxmin qilmoqda.

Ikki haftadan so‘ng men WBA chempionlik kamarini Edrien Bronerdan himoya qilaman, — deb yozadi Pakyao ijtimoiy tarmoqlarda. — Men jangni nokaut bilan yakunlash uchun qattiq shug‘ullanyapman. AQShga qaytanimdan va “MGM Grand Garden” arenasida urushayotganimdan xursandman.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!