Menni Pakyao nokaut qilgan bokschi faoliyatini yakunladi

  • 3 avgust, 2018, 10:43
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Argentinalik bokschi Lukas Matisse professional ringdagi faoliyatini yakunlaganini ma’lum qildi.

Tecno

Bu bokschi so‘nggi marta iyul oyida Kuala-Lumpur (Malayziya) shahrida sakkiz vazn toifasining sobiq jahon chempioni filippinlik Menni Pakyaoga qarshi ringga chiqib, sakkizinchi raundda texnik nokautga uchragan edi.

Boks hayotimni o‘zgartirdi. 10 yil yuqori darajada ringda jang qilganimdan faxrlanaman. Bu vaqtda men jahonning eng yaxshi bokschilari bilan uchrashdim. Maqsadlarimga erishdim va hayotdagi orzularim amalga oshdi. Bu yo‘lda meni qo‘llab-quvvatlagan barchadan minnatdorman, ayniqsa oilamdan. Bugun men qo‘lqoplarimni mixga ilishga qaror qildim. 2018 yil avgustdan sportdagi faoliyatimni yakunlayman, – deb yozadi Matisse o‘zining Instagram sahifasida.

Eslatib o‘tamiz, Matisse professional boksda 45 ta jang o‘tkazib, 39 g‘alaba (shulardan 36 tasi nokaut), 5 mag‘lubiyat va 1 durang qayd etgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!