Messi Janubiy Amerikada tengsiz

  • 11 oktabr, 2017, 10:40
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

 

Tecno

Argentina terma jamoasi JCh–2018 turniriga saralash bosqichi doirasida Ekvadorga qarshi kechgan bahs olib bordi va 3:1 hisobida zafar quchdi.

Mazkur o‘yinda argentinaliklar etakchisi Lionel Messi xet-trik qayd etib, Janubiy Amerika mintaqasida JCh saralashida yangi rekord qayd etdi. Messi Janubiy Amerika qit’asidan JChga saralashi bellashuvlari doirasida kiritgan gollari sonini 21 taga etkazib oldi.

Janubiy Amerika mintaqasidan JChga saralash o‘yinlari to‘purarlar jadvalining 1–2 o‘rinlarini 19 tadan gol bilan Argentina terma jamoasi sobiq hujumchisi Ernan Krespo va Urugvay forvardi Luis Suares o‘zaro bo‘lishib turishibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!