
“Metallurg” markaziy stadionida ta’mirlash ishlari davom etmoqda
Ayni paytda klublarda, stadionlarda ish qizigan payti. Bu yilgi ob havoning iliq kelishi ayniqsa stadion ma’muriyatiga qo‘l kelayapti deyish mumkin. Jumladan, Bekoboddagi “Metallurg” markaziy stadionida ham mavsum tadoriga yakuniy bosqichiga etib keldi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar bermoqda.
Bu hafta maxsus texnika vositalari yordamida stadionning maydoni tekislanyapti, drenaj tizimiga qo‘shimcha qulayliklar tug‘diruvchi burg‘ulash jarayoni amalga oshirilmoqda. Samarqand viloyatidan keltirilgan yangi plastik o‘rindiqlar tribunalarga o‘rnatilmoqda va u stadionga o‘zgacha chiroy baxsh etayapti. Stadion binosining ichki qismi – hakamlar, nazoratchi, komissar xonalari, futbolchilarning kiyinish va yuvinish xonalari joriy ta’mirdan chiqarildi. Bir so‘z bilan aytganda “Metallurg” markaziy stadioni Superliga o‘yinlarini qabul qilishga shay...
Fikrlar