Meyvezer Pakyaoning revansh jangi bo‘yicha chaqiruviga javob qaytardi

  • 3 avgust, 2018, 13:35
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Amerikalik bokschi Floyd Meyvezer Menni Pakyaoning ikkinchi jangni o‘tkazish borasidagi chaqiruviga javob berdi.

Tecno

Men bunda Pakyaoni ayblay olmayman. Nima qilishni xohlasa, shuni qiladi. Bu uning huquqi, – deya Meyvezerning so‘zlarini keltiradi Fighthype.com. – Agar u yana pul ishlab olishni istasa ham, bu uning ishi. Har kim xohlaganini qiladi. Pakyaoga qarshiligim yo‘q. Albatta, u mening ismimni aytibdi. Shubhasizki, men bu sport turida barcha davrlarning eng nomdor vakillaridan biriman. Qachon sen Meyvezer ismini aytar ekansan, demak, sen dollar haqida gapiryapsan.

Mendan so‘rashadi: “Nima uchun Pakyao bilan urushishdan qo‘rqasan?”. Bu xuddi bitta mag‘lubiyat kam ekan. Pakyao – shon-sharaf zalining bo‘lajak vakili, ammo o‘shanda men eng yaxshisini yutganman.

Eslatib o‘tamiz, 2015 yilda bu bokschilar birinchi marta ringda uchrashgan va unda 41 yoshli amerikalik bokschi g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!