"Milan" va "Napoli" o‘zaro futbolchi almashishmoqchi

  • 5 aprel, 2018, 18:15
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Italiyaning ikki grandi – “Milan” va “Napoli” mavsumlar oralig‘ida o‘zaro futbolchi almashishmoqchi. Bu haqda Il Mattino nashri xabar bermoqda.

Tecno

Xabarlarga qaraganda neapolliklar "rossonerilar" vingeri Susoga jiddiy qiziqib qolishgan. O‘z navbatida milankiklar “Napoli”dan Xose Kalexonni o‘z safida ko‘rishmoqchi.

Ma’lumot uchun, Suso joriy mavsum A Seriyada jami 28ta bahsda ishtirok etgan va o‘z hisobiga 6ta gol hamda 7ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan. Kalexon chempionatda 30ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 10ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga muvaffaq bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!