
Millatlar ligasi. Italiya bugun safardagi g‘alabasiz seriyasiga barham bera oladimi?
Xabaringiz bor shu kunlarda Evropada UEFA Millatlar ligasining navbatdagi tur uchrashuvlari bo‘lib o‘tdi. Hususan, bugun Polsha terma jamoasi o‘z maydonida Italiyaga qarshi bahs yuritadi.
Uchrashuvga oid qiziqarli faktlar:
- Polsha va Italiya tarixda o‘zaro 11 marta to‘qnash kelishgan va shularning 6tasi durang bilan yakunlangan.
- Polsha terma jamoasi Italiya ustidan so‘nggi bor 2003 yil Varshavada o‘tkazilgan o‘rtoqlik o‘yinida g‘alaba qozongan.
- Italiya terma jamoasi safarda o‘tkazgan so‘nggi 5ta bahsning birortasida ham g‘alaba qozona olmagan (4ta mag‘lubiyat, 1ta durang).
- Polsha so‘nggi 6ta o‘yindan faqat 1tasida raqib darvozasi tomon 1tadan ko‘p gol urishga erishgan.
Polsha – Italiya
Stadion: "Shlyonski" (Xojuv, Polsha)
Boshlanish vaqti: 23:45
Bosh hakam: Damir Skomina (Sloveniya)
Taxminiy tarkiblar:
Polsha: Щensni – Bereshinski, Glik, Bednarek, Endjeychik, Zelinski, Kryxovyak, Blaщikovski, Kujava, Pyontek, Levandovski.
Italiya: Donnarumma – Florentsi, Bonuchchi, Kellini, Biragi, Veratti, Barella, Jorjino, Bernardeski, Insine, Immobile.
Fikrlar