Millatlar ligasi. Ronaldusiz Portugaliya Polshani mag‘lub etdi
Xojuv shahridagi «Shlyonsk» stadionida kechgan bellashuv mehmonlarning 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan poyoniga etdi.
Portugallar safida gollarga Andre Silva va Bernardu Silvalar kiritishdi, yana bir gol esa avtogol sifatida Kamil Glik hisobiga yozildi. Bunga esa Pyontek va Blashikovskilar bir martadan javob qaytarishdi.

Fikrlar