
Misr – Urugvay (0:1) o‘yinida kim eng yaxshi futbolchi bo‘ldi?
Hozirgina JCh-2018 “A” guruhidan o‘rin olgan Misr hamda Urugvay termalari o‘rtasidagi bahs o‘z nihoyasiga etdi.
Ekaterinburg shahrida kechgan bellashuvning so‘nggi daqiqalarida Xose Ximenes tomonidan kiritilgan yagona gol Lotin Amerikasi vakillariga muvaffaqiyat keltirdi.
Ammo muxlislar misrliklar darvozaboni Muhammad El-Shenavini uchrashuvning eng yaxshi futbolchisi deb topishdi.
Fikrlar