
Misr sport vaziri Salohning jarohati bo‘yicha ma’lumot berdi
Misr sport vaziri Xodil Abdul Aziz mamlakat termasi va “Liverpul” klubi etakchisi Muhammad Salohning “Real”ga qarshi (1:3) EChL finalida olgan jarohati bo‘yicha ma’lumot berdi.
“Salohning elka bo‘g‘imi cho‘zilgani aniqlandi. Uning tiklanishi uchun ikki hafta zarur bo‘ladi. Misr terma jamoasi shifokorlari “Liverpul” tibbiyot shtabi bilan aloqada bo‘lib turibdi.
Muhammad “Liverpul”da dastlabki tiklanish jarayonini o‘tkazadi keyin esa Misrning Italiyadagi yig‘iniga keladi. JCh–2018 turniri uchun yakuniy tarkibni 4 iyun kuni e’lon qilamiz, Muhammad Saloh esa albatta undan joy egallaydi. Tiklanish jarayonini boshlashdan avval Saloh dam olishi zarur”, – dedi Misr sport vaziri.
Ma’lumot uchun, Misr terma jamoasi JCh–2018 turniri guruh bosqichida mezbon Rossiya, Saudiya Arabistoni va Urugvay bilan kuch sinashadi.
Fikrlar