
Mixaela Buzarneskuga teng keladigani yo‘q
San-Xose shahrida o‘tgan "Mubadala Silicon Valley Classic" turnirida ruminiyalik tennischi Mixaela Buzarnesku bosh sovrinni qo‘lga kiritdi.
U musobaqaning final bahsida gretsiyalik Mariya Sakkariga qarshi kortga chiqdi. Mixaelaning ustunligida o‘tgan o‘yin 6:1, 6:0 hisobida yakunlandi.
Shu tariqa Buzarnesku musobaqa bosh sovrini bilan birgalikda 136,695 AQSh dollari pul mukofoti va 470 reyting ochkosini qo‘lga kiritdi.
Fikrlar