"Monako" APLdan himoyachi sotib olmoqchi

  • 02.01.2019 20:07
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Inqiroz ko‘chasiga kirib qolgan "Monako" davralar oralig‘idagi transferlar paytida o‘z safini "Kristal Pelas" himoyachisi Mamadu Sako bilan kuchaytirmoqchi. Bu haqda L’Equipe nashri xabar bermoqda.

Tecno

Gap shundaki, monakoliklar Gari Keyxill ("Chelsi"), Pepe ("Beshiktash") va Diego Karlos ("Nant") kabi futbolchilar bilan kelishuvga erisholmagach aynan Sako nomzodini to‘xtalishgan.

Jamoa bosh murabbiyi Terri Anri ham ushbu transfer imkon qadar tezroq amalga oshirilishini xohlamoqda.

Ma’lumot uchun, “Monako” ayni damda Frantsiya chempionatida 13 ochko bilan musobaqa jadvalida 19-o‘rinni egallab turibdi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!