"Monako" futbolchisi 4ta o‘yinga diskvalifikatsiya qilindi

  • 20 dekabr, 2018, 10:23
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Frantsiya futbol ligasi tartib-intizom qo‘mitasi "Monako" yarim himoyachisi Aleksandr Golovinga yana qo‘shimcha jazo tayinlashga qaror qildi.

Eslatib o‘tish lozimki, rossiyalik futbolchi o‘tgan tur “Lion”ga qarshi bahsda raqib futbolchisi Nabil Fekirga nisbatan qo‘pollik ishlatgani uchun bosh hakam Kleman Tyurpen tomonidan qizil kartochka ko‘rsatilib maydondan chetlatilgan edi. E’tiborlisi, bu Golovinning faoliyatidagi birinchi qizil kartochka bo‘ldi.

Endi Golovin Frantsiya chempionatining "Gengam", "Marsel", "Nitstsa" va "Strasbur"ga qarshi o‘yinlarida “Monako”ga yordam berolmaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!