Morata: "Chelsi"da qolishni istayman
Londonning "Chelsi" klubi forvardi Alvaro Morata yangi mavsumda ham jamoada qolishini tasdiqladi.
“Men rahbariyat bilan gaplashdim va “Chelsi”da qolmoqchi ekanligimni aytdim. Ular esa menga ishonishlarini aytishdi. Shunday ekan hammasi joyida”, - deydi ispaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, Morataning “aristokratlar” bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar