
Morata va Fabregas JCh-2018da qatnashmaydi yoxud Ispaniya termasining yakuniy tarkibi bilan tanishing
Ispaniya qirolligi futbol federatsiyasi Rossiya yashil maydonlarida bo‘lib o‘tadigan JCh-2018 turnirida ishtirok etadigan yakuniy tarkibga aniqlik kiritdi.
“Qizil furiya” ustozi Xulen Lopetegi turnirga “Chelsi”ning uch nafar a’zosi – himoyachi Markos Alonso, yarim himoyachi Sesk Fabregas va hujumchi Alvaro Moratani olib bormaslikka qaror qildi. Shuningdek, tarkibdan “Arsenal” a’zosi Ektor Belerin ham o‘rin olmagan.
Darvozabonlar: Kepa Arrisabalaga, David De Xea, Pepe Reyna.
Himoyachilar: Jordi Alba, Sesar Aspilikueta, Daniel Karvaxal, Xose Ignasio Nacho, Nacho Monreal, Alvaro Odriosola, Jerar Pike, Serxio Ramos.
Yarim himoyachilar: Isko, Tiago Alkantara, Serxio Buskets, David Silva, Andreas Inesta, Saul Niges, Koke, Marko Asensio.
Hujumchilar: Yago Aspas, Diego Kosta, Rodrigo Moreno, Lukas Vaskes.
Eslatib o‘tamiz, Lopetegi shogirdlari mundialning "V" guruhida Eron, Marokash va Portugaliya terma jamoalari bilan kuch sinashadi.
Fikrlar