Mourino 3:0 hisobidagi mag‘lubiyatdan so‘ng matbuot anjumanini muddatidan avval tark etdi (video)
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu kecha APLning 3-turi doirasida "Tottenxem"ga (3:0) qarshi o‘yinda uchralgan yirik hisobdagi mag‘lubiyatdan so‘ng o‘tkazilgan matbuot anjumanida shou uyushtirdi.
Portugaliyalik mutaxassis matbuot anjumani boshlanishi bilan o‘zining premer-ligada erishgan g‘olibliklari haqida gapira ketdi. Keyin esa zalni tark etdi.
“Hisob qanday? 3:0. Bu uchmi? Men APLda necha marta chempion bo‘lganman? Uch marta. Bu APLdagi qolgan har qanday murabbiydan ko‘ra ko‘proq degani. Shuning uchun hurmat qiling. Hurmat!”, - deydi Mourino.

Fikrlar