Mourino: De Xea bilan muzokaralar davom etmoqda

  • 04.09.2018 11:55
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourino jamoa darvozaboni David De Xea bilan shartnomani uzaytirish borasida o‘tkazilayotgan muzokaralar davom etayotganini aytdi.

“Men muzokaralarda ishtirok etmayapman. Men umuman futbolchilar va agentlar bilan muzokaralar o‘tkazmaganman. Agar menga bundan imkoniyat berishsa, men bor boylikni sarflab bo‘lsa ham futbolchilar nimani istashsa, shuni bergan bo‘lardim.

Men hozir faqat bir narsani aytishim mumki, De Xea bilan muzokaralar davom etmoqda. Umid qilamanki tez orada bizda yaxshi yangilik bo‘ladi”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!