Mourino: Zahirada o‘tirish, bu dunyoning oxiri degani emas

  • 4 fevral, 2018, 16:27
  • Isayev Bekzod
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Manchester Yunayted” ustozi bosh murabbiyi Joze Mourino yarim himoyachi Pol Pogbaning “Xaddersfild”ga qarshi uchrashuvda  (2:0) assosiy tarkibga nima sababdan kiritlmaganini sharhlab o‘tdi.

Tecno

24 yoshli xavbek bahsning 65-daqiqasida Jessi Lingardni almashtirdi.

- Bir necha o‘yinchilarni almashtirganim bu jazolash degani  emas, chunki agar men futbolchilarni jazoga tortsam, meni ham xuddi shu tariqada jazolash kerak. Biz bir jamoamiz, g‘alaba qozonishimiz va mag‘lubiyatni ham bir jamoa bo‘lib qabul qilamiz.

Shuni ta’kidlashim karakki, Pol – ajoyib o‘yinchi va dunyoning iste’dodli yarim himoyachilaridan biridir. Ammo zahira o‘rindig‘idan joy olish, bu dunyoning oxiri degani emas.

Bu vaziyatda men yosh futbolchini maydonga tushirishga qaror qildim va Pol buni to‘g‘ri tushundi, ­- deya Mourinoning so‘zlarini keltiradi ESPN nashri.  

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!