Mourino bilan munosabatlari yaxshi emasligiga qaramay Marsyal MYuda qolmoqchi
"Manchester Yunayted" klubi forvardi Antoni Marsyal o‘zining jamoadagi kelajagi borasida bir qarorga keldi.
Le 10 Sport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 22 yoshli frantsuz garchi jamoa bosh murabbiyi Joze Mourino bilan munosabatlari yaxshi emasligiga qaramay baribir "Old Trafford"da qolishni istamoqda va klub rahbariyatidan ham o‘zini boshqa jamoaga qo‘yib yuborishni talab qilmayapti.
Ma’lumot uchun, Marsyal o‘tgan mavsum MYu safida jami 45ta o‘yinda maydonga tushib, o‘z hisobiga 11ta gol hamda 9ta golli uzatma yozdirib qo‘yishga erishgan.

Fikrlar