
Mourinyu Ronaldusiz Portugaliya JCh-2018da hech narsa qila olmasligini aytdi
"Manchester Yunayted" klubi bosh murabbiyi Joze Mourinyu Portugaliya terma jamoasining yaqinlashib kelayotgan JCh-2018dagi imkoniyatlari haqida gapirib o‘tdi.
“Portugaliyada judayam qiziqarli tarkib. Ronaldusiz ularda hech qanday imkon yo‘q. Ammo, Ronaldu bilan imkonsiz narsaning o‘zi yo‘q”, - deydi portugaliyalik mutaxassis.
Eslatib o‘tamiz, Fernandu Santush boshqaruvidagi amaldagi Evropa chempionlari mundialning guruh bosqichida Ispaniya, Marokash va Eron terma jamoalariga qarshi kurash olib borishadi.
Fikrlar