
Muhammadkarim Xurramov: Yangi vaznga moslashish qiyin bo‘lmayapti
Yakuniga etgan dzyudo bo‘yicha O‘zbekiston chempionatining -100 kg vazn toifasida birinchi o‘rinni qo‘lga kiritgan Muhammadkarim Xurramov musobaqa taassurotlari bilan o‘rtoqlashdi.
"Turnirdan yaxshi taassurot bilan qaytadigan bo‘ldim. Asosiy bellashuvlarda men bilan Samarqandda birga shug‘ullanib yurgan dzyudochilar raqib bo‘lishdi. Bu vazn toifasida ilk bor O‘zbekiston chempionatida ishtirok etdim. Antalyadagi Gran-pri bilan xulosi qilib aytadigan bo‘lsam, yangi vaznga moslashish men kutganimdan ham engilroq kechyapti. Bu toifada xuddi mendek sekin va o‘ylab kurashadigan polvonlar jam bo‘lgan", – deydi Muhammadkarim Xurramov.
Fikrlar