Murod Xolmuhamedov hakamlarning so‘nggi paytlarda "Qo‘qon-1912" foydasiga juda ko‘p penaltilar belgilayotgani haqida o‘z fikrini bildirdi
“Qo‘qon-1912” klubi himoyachisi Murod Xolmuhamedov muxlislar tomonidan so‘nggi paytlarda hakamlarning ko‘konliklarga “simpatiya” qilayotgani va ko‘plab penaltilar belgilayotgani haqida bildirilayotgan fikrlariga o‘z munosabatini bildirib o‘tdi.
- Penaltilardan urayotgan gollaringiz oxirgi paytlarda bahs-munozaralarga ham sabab bo‘lyapti. Ya’ni, hakamlarning raqib jamoalar darvozalari tomon belgilayotgan penaltilari va ulardan sizning aniq foydalanayotganingiz ham hech kimning e’tiboridan chetda qolmayapti...
- Hakamlarning ishiga murabbiylarning ham, futbolchilarning ham aralashishiga haqqi yo‘q. Ularni nazorat qiladigan alohida qo‘mitasi bor. O‘z fikrimni aytadigan bo‘lsam, biz ko‘proq o‘z maydonimizda yaxshiroq va hujumkor o‘yin ko‘rsatamiz. Shuning evaziga asosan uy o‘yinlarimizda hakamlar penalti belgilashyapti. Biz har bir uchrashuvni keyinchalik ko‘rib chiqamiz. Aytishim kerakki, ular deyarli bexato ravishda 11 metrlik jarima zarbalarini belgilashyapti. To‘g‘ri, bir marta, adashmasam “Metallurg”ga qarshi o‘yinda belgilangan penalti borasida bahslashsa bo‘ladi, chunki o‘shanda 50x50 vaziyat edi. Ammo qolgan barcha belgilangan penaltilar to‘g‘ri va ishonchli edi.
Xolmuhamedov bilan uyushtirilgan to‘liq suhbatni tez orada saytimizda o‘qishingiz mumkin.

Fikrlar