
Muxlislarning tashrifi ko‘pligi sabab, “Al-Axli” mashg‘ulotlarni bekor qildi
Afrika Chempionlar ligasi finalchisi bo‘lgan Misrning “Al-Axli” jamoasi muxlislar tashrifining ko‘pligi bois, Kair shahridagi bugungi mashg‘ulotlarini bekor qildi.
Finalning ilk o‘yinida “Al-Axli” o‘z maydonida Marokashning “Vidad” klubini qabul qilib, 1:1 hisobida durang o‘ynagan edi.
Javob bahsi esa 4 noyabr kuni Marokashda bo‘lib o‘tadi. Agarda, shanba oqshomida bo‘lib o‘tadigan ushbu o‘yinda misrliklar o‘zlari uchun ijobiy natija qayd etib, champion bo‘ladigan bo‘lishsalar, Afrika chempionlar ligasida eng ko‘p g‘olib chiqqan(hozirda 9 ta sovrin) jamoaga aylanadilar.
Fikrlar