
"Napoli" tarixidagi eng yaxshi to‘purar "Barselona"ga o‘tishi mumkin
"Napoli" klubi yarim himoyachisi Marek Gamshik qishki transferlar davrida jamoani tark etishi mumkin.
Tuttosport nashri tarqatgan xabarga ko‘ra neapolliklar bosh murabbiyi Karlo Anchelotti 31 yoshli slovakiyalik futbolchiga asosiy tarkibdan doimiy joy kafolatlamayapti. Bu vaziyatni esa Kataloniyaning “Barselona” klubi sinchkovlik bilan kuzatmoqda. Aynan “ko‘k-anor ranglilar” agar Gamshik “Napoli”dan ketsa uni o‘z safiga qo‘shib olishmoqchi.
Ma’lumot uchun, Marek Gamshik “Napoli” safida 2007 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. E’tiborlisi, u jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar hisoblanadi.
Fikrlar