Nasri "Vest Xem" murabbiylariga yoqib qoldi

  • 17.02.2019 11:25
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Futbol

Londonning "Vest Xem" klubi o‘zining frantsiyalik yarim himoyachisi Samir Nasri bilan amaldagi shartnomani uzaytirmoqchi.

Claret and Hugh nashri tarqatgan xabarga ko‘ra 31 yoshli futbolchining harakatlari murabbiylar shtabiga maqul kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Nasri doping iste’mol qilgani uchun 1,5 yil futboldan diskvalifikatsiya qilingan edi. Jazo muddati tugagach u “bolg‘achilar” bilan mavsum yakunigacha shartnoma imzolagandi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
darwesh
17/02/2019 17:34
Насри манситида булганида пелегрини мураббий булган