"Navbahor" - "Paxtakor". Prevyu

Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Jamoalar yuqori ligada barcha mavsumlarda ishtirok etib kelishadi. Ular ishtirokidagi uchrashuvlar eng uzoq qarama-qarshilikka to‘qnashuvlardan biridir. Hozirga qadar jamoalar chempionatlar doirasida 54 uchrashuvda maydonga tushishgan. O‘zaro o‘yinlar bo‘yicha ustunlik yaqqol "Sherlar" tarafida. 35 bahsda zafar quchgan "Paxtakor" 6 bor raqib bilan durang o‘ynagan va 13 marta imkoniyatni boy bergan. "Navbahor" darvozasiga 92 gol urilib, 40 to‘p o‘tkazib yuborilgan.

Namangandagi 27 uchrashuvning 11tasida "sherlar", 12tasida mezbonlar zafar quchishgan. 4 bellashuvda durang qayd etilgan.

O‘zaro o‘yinlar tarixida qayd etilgan eng yirik natija - 7:0 hisobi jamoalarning Toshkentda 2009 yil o‘tgan bellashuvida kuzatilgan. O‘shanda "Paxtakor" raqibni shunday hisob bilan mag‘lubiyatga uchratgan.

"Navbahor" va "Paxtakor" jamoalari o‘rtasidagi uchrashuv 14 sentyabr, juma kuni soat 20:00da "Markaziy" stadionda boshlanadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!