Ikki o‘zbek futbolchisi Yevropaning mashhur klubiga o‘tdi

  • 03.07.2026 07:21
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

O‘zbekistonning U-20 yoshlar terma jamoasi a’zolaridan Sadriddin Hasanov va Sayfiddin Sodiqov faoliyatini Evropada davom ettiradigan bo‘ldi. Har ikki futbolchimiz Portugaliyaning mashhur klubi «Braga» bilan shartnoma imzoladi, deb xabar bermoqda  Milliy Futbolimiz kanali. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Sadriddin Hasanov rasmiy «Braga» futbolchisiga aylandi. U portugaliliklar klubi bilan besh yillik shartnoma tuzgan. Yosh hujumchining transferi uchun 250 ming yevro to‘langani aytilmoqda.

Sayfiddin Sodiqov ham «Braga» safiga yo‘l oldi. «Andijon» futbol klubi o‘zining iste’dodli tarbiyalanuvchisi bilan xayrlashar ekan, unga Evropa maydonlarida omad tiladi. Sodiqov ham portugaliliklar bilan besh yillik shartnoma imzolagan. Uning transfer qiymati 300 ming yevro etib belgilangani qayd etilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Hasanov va Sodiqov O‘zbekiston U-17 yoshlar terma jamoasi tarkibida 2025 yildagi Osiyo kubogida zafar quchgan edi. Saudiya Arabistonida o‘tgan musobaqada O‘zbekiston finalda mezbon jamoani 2:0 hisobida mag‘lub etgan. 

O‘sha uchrashuvda ikki kishi kam bo‘lib o‘ynagan terma jamoamiz qahramonlik ko‘rsatgan edi. Hal qiluvchi bahsda Hasanov gol urgan va butun turnirning eng yaxshi o‘yinchisi sifatida e’tirof etilgan. 

Sodiqov esa jamoaning eng yaxshi assistent futbolchisi sifatida ajralib chiqqan. Shuningdek, ular 2025 yildagi yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida ham muvaffaqiyatli ishtirok etgan.

Klub darajasida Sadriddin Hasanov avval Toshkentning «Bunyodkor» jamoasi sharafini himoya qilgan bo‘lsa, Sayfiddin Sodiqov «Andijon» tarkibida maydonga tushib kelayotgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!